Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

BMT: “Koronavirus irqchilikka sabab bo‘lmasin!”

BMT: “Koronavirus irqchilikka sabab bo‘lmasin!”

BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarni koronavirusga qarshi kurashda birlashishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi, deb xabar beradi zakon.kz.

Qaror "Koronavirus kasalliklariga qarshi global birdamlik 2019" deb nomlandi.

“Bosh assambleya pandemiyani tarqatish, kamaytirish va uni yo‘q qilish uchun kuchli xalqaro hamkorlikka chaqirmoqda”, deyiladi hujjatda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi, shuningdek, davlatlarni axborot, ilmiy tajriba va ilg‘or davolash usullari bilan almashishga chaqirmoqda.

Matnga ko‘ra, Bosh assambleya COVID-19 pandemiyasi inson salomatligi va farovonligiga tahdid solishini chuqur tashvish bilan qayd etdi. Mualliflar eng kambag‘al va eng himoyasizlar pandemiyadan aziyat chekayotganini tan olishdi va koronavirusni yo‘q qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda BMT tizimining muhim rolini qayd etishdi.

“BMT inson huquqlarini to‘liq hurmat qilish zarurligini ta’kidlaydi va pandemiyaga qarshi kurashda kamsitish, irqchilik, ksenofobiya uchun joy bo‘lmasligi kerakligini alohida so‘raydi”, deyiladi hujjatda.

Mualliflar o‘z yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildirishdi, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashning boshida turganlarga: shifokorlar, olimlar va davlat xizmatlarning boshqa xodimlariga minnatdorlik izhor etishdi va qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini ma’lum qilishdi.

Qaror mualliflari qatorida Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Belgiya, Xorvatiya, Kanada, Gruziya, Germaniya, Yaponiya, Qozog‘iston, Pokiston, Shvesiya, Shveysariya, Ukraina va boshqalar bor.

Kiritildi: 09:30 03.04.2020. O'qildi: 1830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!