Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

"BMT eng muhim masalalarda hech qanday rol o‘ynamayapti"

"BMT eng muhim masalalarda hech qanday rol o‘ynamayapti"

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) katta salohiyatga ega, biroq eng dolzarb masalalar bo‘yicha javoblarga ega emas va amalda hech qanday rol o‘ynamayapti.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi.

"BMT hali ham vosita sifatida katta salohiyatga ega, ammo bugun qarshimizda turgan eng muhim masalalar bo‘yicha uning javoblari yo‘qligini va aslida hech qanday rol o‘ynamayotganini ko‘rmaslikka ololmaymiz", — dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT G‘azo sektori va Ukrainadagi mojarolarni hal qila olmadi va Ukraina masalasida muzokaralar imkoniyati aynan AQSh tufayli yuzaga keldi.

Kiritildi: 23:42 14.02.2026. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!