Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMT Bosh kotibi: "Insoniyat pandemiya sinovidan o‘ta olmadi"

BMT Bosh kotibi: "Insoniyat pandemiya sinovidan o‘ta olmadi"

Insoniyat pandemiya sinovidan o‘ta olmadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish shunday bayonot berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

BMT Bosh kotibi dunyo bo‘ylab koronavirusning tarqalishi va o‘lim statistikasini keltirdi: Hozirgacha ushbu infeksiya tufayli dunyoda deyarli bir million odam qurbon bo‘lgan va 32 million odam koronavirus yuqtirgan.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat bu baloga qarshi birgalikda kurashmayotgani, davlatlar o‘zaro hamkor bo‘lmagani tufayli pandemiyani yengib bo‘lmayapti.

“Pandemiya biz muvaffaqiyatizlikka uchragan xalqaro hamkorlik uchun aniq sinov. Ammo bu bizni birgalikda choralar ko‘rishga undaydigan ogohlantirishga aylandi ”, – deya ta’kidladi u.

Gutterish tartibsizliklarni oldini olish uchun dunyo global institutlar doirasida birlashishi kerakligini aytmoqda.

Avvalroq BMT Bosh kotibi koronavirus epidemiyasi nazoratdan chiqib ketayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda pandemiya global xavfsizlikka «birinchi raqamli tahdid» bo‘lib qolmoqda.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, ko‘pchilik vaksinaga umid bog‘lagan bo‘lsa-da, koronavirus uchun hali ham davo yo‘q.

Kiritildi: 04:30 25.09.2020. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!