Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

BMT Bosh kotibi HAMASning Isroilga hujumining 1 yilligi munosabati bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi HAMASning Isroilga hujumining 1 yilligi munosabati bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

"Bu kunda jahon hamjamiyati HAMASning jirkanch harakatlarini, jumladan, odamlarni garovga olishni imkon qadar keskin qoralashi kerak", dedi Antonio Guterrish bugungi videomurojaatida. U HAMAS guruhini Qizil Xoch vakillariga garovga olinganlarni ko‘rishga ruxsat berishga chaqirdi.

"Dahshatli zo‘ravonlik va qon to‘kish to‘lqinlari 7 oktyabrda boshlangan. Garovga olinganlarni ozod qilish vaqti keldi. Qurollarni tushirish vaqti keldi. Hududni qamrab olgan azob-uqubatlarga chek qo‘yish vaqti keldi. Mintaqada tinchlik, xalqaro huquq va adolatni tiklash vaqti keldi”, dedi BMT Bosh kotibi.

Guterrish, shuningdek, Isroil bilan harbiy mojaro “insonlarning hayotiga zomin bo‘layotganini va G‘azo sektoridagi falastinliklarga, hozir esa Livan xalqiga chuqur insoniy azob-uqubatlar keltirayotganidan” xavotir bildirdi.

Kiritildi: 20:15 06.10.2024. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!