Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Eronning Isroilga qarshi hujumini qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar Falastin xalqi azobini kamaytirmaydi, deb yozadi BBC.
Bugun ertalab Isroil BMT Bosh kotibini persona non grata deb e’lon qilgandi va unga mamlakatga kirishni taqiqlagandi. The Jerusalem Post nashrining yozishicha, Isroil rasmiylari janob Guterrishning Eronning raketa hujumini «shak-shubhasiz qoralay olmagani»ni hisobga olib, shunday qarorga kelgan.
Isroil hujumidan keyingi ilk izohlarida Guterrish Eron yoki Isroilni tilga olmay, Yaqin Sharq mojarosining kengayishini qoralagandi.