Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

BMT: 2023 yil oktyabridan buyon G‘azo sektorida 28 mingdan ortiq ayol va qiz halok bo‘ldi

BMT: 2023 yil oktyabridan buyon G‘azo sektorida 28 mingdan ortiq ayol va qiz halok bo‘ldi

2023 yil oktyabrida urush boshlanganidan buyon Isroil kuchlarining hujumlari natijasida G‘azo sektorida 28 mingdan ziyod ayol va qiz halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning Insonparvarlik masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) huzuridagi Reliefweb axborot xizmati BMTning gender tengligi masalalari bo‘yicha tuzilmasi – “BMT-Ayollar” ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

“BMT-Ayollar”ning baholashicha, 2023 yil oktyabrida urush boshlanganidan beri har soatda o‘rtacha bir ayol va bir qiz Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lmoqda. Halok bo‘lganlar orasida minglab onalar ham bor”, – deyiladi xabarda.

Insonparvarlik yordami yetkazib berish bloklanishi vaziyatni og‘irlashtirgan va anklavdagi 1 milliondan ortiq ayol va qiz fojeaviy darajadagi ochlik bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Kiritildi: 23:10 20.05.2025. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!