Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bloomberg: Tankerlarning qariyb yarmi AQSh sanksiyalari tufayli Rossiya Federasiyasidan neft tashishni to‘xtatdi

Bloomberg: Tankerlarning qariyb yarmi AQSh sanksiyalari tufayli Rossiya Federasiyasidan neft tashishni to‘xtatdi

Bloomberg nashrining yozishicha, Tankerlarning qariyb yarmi AQSh sanksiyalari tufayli Rossiya Federasiyasidan neft tashishni to‘xtatdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh sanksiyalar joriy qilishni boshlagan o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri 50 ta tankerdan faqat 18 tasi Rossiyadan yonilg‘i tashishni davom ettirgan.

Agentlikning qayd etishicha, AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan kamida 21 tanker ishlamayapti. Shtatlarning sanksiyalar ro‘yxatidagi yana yettita tanker esa Rossiya neftiga taqiqlar kiritilgunga qadar mahsulot yuklashni to‘xtatgan.

Bundan tashqari, grek tashuvchilari Rossiya nefti savdosidan bosh tortmoqda, deb yozadi Bloomberg. Biroq, agentlikning eslatishicha, Rossiya "soya floti" yordamida yonilg‘ini tashishda davom etmoqda ammo, uning ko‘lami noma’lum.

Kiritildi: 21:52 13.02.2024. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!