AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 9-10 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi . Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning yozma bayonotiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda .
U mamlakat rasmiylari bilan harbiy hamkorlik, Ukrainaga yordam va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish niyatida.
Millerning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari London va Vashington o‘rtasida «strategik muloqotni ochadi» . Britaniya poytaxtida Blinken xalqaro kun tartibini, jumladan Hind-Tinch okeani mintaqasi va AUKUS hamkorligi kabi muhim mavzularni muhokama qilish uchun yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashadi .