Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish bo‘yicha kelishuv imzolandi
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
20 sentyabr kuni Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti rektori Panichev Aleksandr Yurevich boshchiligidagi delegasiya tashrifining ikkinchi kuni doirasida temir yo‘l transporti sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi yuzasidan shartnoma imzolandi.
Shartnomada qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilish masalalari o‘rin olgan.
Kelgusida institutimiz yoshlari ta’limning magistratura bosqichini Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida boshlab, Peterburg Davlat temir yo‘l universitetida yakunlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, ushbu kelishuvBino va inshootlar qurilishi, Suv ta’minoti, kanalizasiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, Ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi, Elektr ta’minoti, Elektr texnik majmualar va tizimlar, Iqtisodiyot, Menejment, Tezyurar temir yo‘l mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish va chuqurlashtirishgaxizmat qiladi.
Manba: 7news.uz