Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bitkoin narxi rekord darajada oshib ketdi, sababi...

Bitkoin narxi rekord darajada oshib ketdi, sababi...

AQShdagi prezidentlik saylovlari va unda respublikachi Donald Tramp yetakchilik qilayotgani fonida bitkoin narxi 9,31 foizga oshib, 74 352 dollarga yetdi. Ma’lumotlar Binance birjasida e’lon qilindi.

Oxirgi marta bitkoin narxi 2024 yil 14 martda tarixiy maksimumni o‘rnatgan va 73,777 ming dollarga ko‘tarilgandi. Bitkoin kursi Amerika saylovlari kuni yaqinlashgani sari o‘sib bordi. Bunga Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘zining saylovoldi nutqida kriptobiznesni qo‘llab-quvvatlagani sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. May oyida Tramp jamoasi rasman kriptovalyuta orqali saylovoldi kampaniyasi uchun xayriyalarni qabul qila boshladi.

Bitkoin ham Trampning reklama kampaniyasining bir qismiga aylandi. Sentyabr oyida siyosatchi Nyu Yorkdagi barda tarafdorlariga bitkoinda burgerlar sotib oldi.

31 oktyabr kuni Tramp bitkoin foydalanuvchilarini kriptovalyuta kontepsiyasini tavsiflovchi texnik hujjat birinchi marta e’lon qilinganining 16 yilligi bilan tabrikladi. Trampning maslahatchisi Devid Beyli esa kriptovalyutalar haqidagi eng qadimgi onlayn nashrlardan biri — Bitcoin Magazine’ning egasi va bosh muharriri hisoblanadi.

Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris o‘zining saylovoldi kampaniyasida kriptovalyuta bozorini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratmagan va bu mavzuga yuzaki to‘xtalib o‘tgan. Hozirgi administrasiyaning kriptovalyuta hamjamiyatidagi harakatlari AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘plab sanksiyalar va sud da’volari tufayli salbiy qabul qilinmoqda.

Kiritildi: 10:24 06.11.2024. O'qildi: 1956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!