Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bishkekda birinchi marta koronavirusni qayta yuqtirish holatlari aniqlandi

Bishkekda birinchi marta koronavirusni qayta yuqtirish holatlari aniqlandi

Bishkekda COVID-19 virusini qayta yuqtirishning 2ta holati aniqlandi. Bu haqda shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bosh shifokori Kuban Kundashev ma’lum qildi, deb xabar berdi Kabar agentligi.

Bosh shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hozirda koronavirusning qayta tashxisi qo‘yilgan holatlar va kasalxonadan tashqari pnevmoniya soni to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q.

«Ammo poytaxtda rasmiy ravishda tasdiqlangan koronavirusni qayta yuqtirish ikkita holati aniqlandi. Lekin bilishimcha, ularning soni yettitaga yetgan bo‘lishi kerak», - dedi u.

Shuningdek, markaz rahbari qayta yuqtirishning birinchi holati bir kishida laboratoriyada aniqlangan, ikkinchi kornavirusni qayta yuqtirgan shahar aholisi pnevmoniyani kasalxonadan tashqarida yuqtirganini aytdi. Ilgari, kasallik kuchayganida, uning o‘pkasi 25% zarar ko‘rgan bo‘lsa, endi 65% ga yetdi.

Kiritildi: 13:15 20.10.2020. O'qildi: 1727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!