Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Birovning haqqi buyurmadi. Sirdaryo tumanida o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi

Birovning haqqi buyurmadi. Sirdaryo tumanida o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi

Xalqimiz birovning haqqi deb hattoki devor osha osilib turgan daraxt shoxini sindirib, tish kovlamagan, taklif qilinmagan joyga bormagan, izn so‘ramasdan kirmagan, dasturxondan hech narsani farzand-nabiralariga ilinmagan.

Ana shunday hayot kechirgan ota-bobolarning farzandlari bugunga kelib o‘zganing haqqidan qo‘rqish o‘rniga hech tap tortmay, aldov bilan birovning molini tortib olishgacha, sheriklarga xiyonat qilishgacha yetib borishyapti.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan fuqaro U.F muqaddam bir necha marotaba sudlanib bundan o‘ziga tegishli ijobiy xulosa chiqarmasdan, xavfli residivist bo‘la turib, takroran, mast holatda o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish jinoyatlarini quyidagi holatlarda qasddan sodir qilgan.

Jumladan, u fevral oyining o‘rtalarida Sirdaryo tumani "Islomobod" mahallasi hududida joylashgan fuqaro S.YA. ga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinalari ehtiyot qismlari savdo do‘koni orqasida turgan “Kamaz” rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan bir dona “old stupisa” hamda narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan “stupisa barabani” ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida fuqaro U.F. ushbu o‘g‘irlangan bir dona “old stupisa” hamda “stupisa barbani” ehtiyot qismlarini fuqaro O‘.K. ga sotganligi aniqlanib, O‘.K. dan bir dona “old stupisa” hamda “stupisa barbani” ehtiyot qismlari daliliy ashyo tariqasida olinib, tilxat asosida jabrlanuvchi S.YA. ga qaytarilgan.

Bundan tashqari, u o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, xavfli residivist bo‘la turib, takroran, mart oyining o‘rtalarida soat 22:00 larda Sirdaryo tumani "Islomobod" mahallasi hududida joylashgan fuqaro S.YA. ga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinalari ehtiyot qismlari savdo do‘koni orqasida turgan “Kamaz” rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan bir dona “orqa stupisa”, narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan “old stupisa” hamda narxi 500.000 so‘m bo‘lgan “oporniy disk” ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida fuqaro U.F. ushbu o‘g‘irlangan bir dona “old stupisa”, bir dona “orqa stupisa” hamda bir dona “oporniy disk” ehtiyot qismlarini fuqaro S.T. ga sotganligi aniqlanib, S.T. dan ushbu ehtiyot qismlari daliliy ashyo tariqasida olinib, tilxat asosida jabrlanuvchi fuqaro S.YA. ga qaytarilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro U.F. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sudlovga yuborilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 21:40 13.06.2020. O'qildi: 2496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!