Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi Qo‘llab-quvvatlash Missiyasi (UNSMIL) tinch aholi zich joylashgan hududlarda shiddatli janglar avj olayotgan Tripolidagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashuvidan jiddiy xavotir bildiradi.
Bu haqda UNSMILning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida aytiladi.
Missiya barcha tomonlarni tinch aholini himoya qilish majburiyatini eslatib, zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish va osoyishtalikni tiklashga chaqirdi.
"Tinch aholi va fuqarolik ob’ektlariga qilingan hujumlar urush jinoyatlarini tashkil etishi mumkin. UNSMIL oqsoqollar va jamoat rahbarlarining vaziyatni pasaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", - deyiladi missiya bayonotida.