Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Bir qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Bir qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

28 mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:
— Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha.

3 aprel soat 16:00 dan 5 aprel 14:00 gacha:
— Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha.

5 aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:
— Beshyog‘och ko‘chasi — Furqat ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
— Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan SH.Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha:
— SH.Rashidov ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
— Afrosiyob ko‘chasi — SH.Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;
— Shahrisabz ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan A.Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha;
— Oybek ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
— Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi kesishmasidan Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
— Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Istiqbol ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!