Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bir qancha joylarda kredit mablag‘larini talon-torojlik holatlari aniqlandi

Bir qancha joylarda kredit mablag‘larini talon-torojlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.T.”, “G.D.” va “I.T.”MCHJ rahbarlari ushbu korxonalarga ishlab chiqarish binolarini sotib olish uchun ajratilgan jami 5,5 mlrd so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflashib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.O.” MCHJ rahbari O.YU. tijorat banki filiali mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, turmush o‘rtog‘i M.ning nomiga xususiy korxona tashkil etib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 210 mln so‘m kredit mablag‘ini “A.O.” MCHJning korporativ kartasiga o‘tkazish orqali o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, O.YU. va bank filiali mas’ul shaxslari 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz issiqxona tashkil etish uchun ularning nomiga jami 413,8 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 20:09 04.10.2022. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!