Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bir necha yil Rossiyada ishlab qaytib kelgan fuqaro aliment sabab 15 sutkaga qamaldi

Bir necha yil Rossiyada ishlab qaytib kelgan fuqaro aliment sabab 15 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2016 yil 31 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan, fuqaro F.T.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ammo qarzdor ota aliment pulini to‘lashdan bosh tortib xorijga ketib qolgani sababli unga nisbatan ikki yil muqaddam qidiruv e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, bir necha yillar davomida Rossiyada ishlab qaytib kelgan ota yolg‘iz farzandiga jami 27 million 900 so‘m aliment pulini to‘lashdan bosh tortgani sababli sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

(https://uza.uz/uz/posts/aliment-tolamagan-ota-xorizhdan-qaytgach-15-sutkaga-qamaldi_343730)Ta’kidlash joiz, ushbu ma’muriy jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay ikki oy va undan ortiq muddatda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Kiritildi: 17:33 08.02.2022. O'qildi: 3259 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!