Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bir hafta ichida uch nafar vazir koronavirusdan vafot etdi

Bir hafta ichida uch nafar vazir koronavirusdan vafot etdi

Zimbabveda bir hafta ichida uch nafar vazir koronavirusdan vafot etdi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

"Rasmiy organlar Zimbabve transport va infrastrukturani rivojlantirish vaziri Joel Matiza koronavirusdan vafot etganligini tasdiqladi. Shu tarzda, u bir hafta ichida koronavirusdan vafot etgan uchinchi va Zimbabveda 2020 yil martda kasallik aniqlanganidan buyon vafot etgan to‘rtinchi vazir bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 15 yanvar kuni provinsial ishlar bo‘yicha vazir Elen Gvaradzimba vafot etgandi. 20 yanvar kuni esa tashqi ishlar vaziri Sibusiso Moyo vafot etdi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Zimbabveda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 30,5 ming holat aniqlangan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 962 kishi kasallikdan vafot etgan.

Kiritildi: 20:15 23.01.2021. O'qildi: 4695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!