Mamlakatimizda fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun belgilangan oxirgi muddat tugashiga 4 kun qoldi, deb O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasidagi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida dam olish kunlarisiz ish tartibi joriy etilgan.
Mahallalarda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, iyun oyiga qadar aksariyat fuqarolarning eski turdagi pasportini biometrik pasportga almashtirildi.
Fuqarolarga birinchi navbatda rasmga tushish va biometrik ma’lumotlarni topshirish uchun o‘zlariga qulay vaqtga qarab, aniq sanasi va vaqti ko‘rsatilgan navbat taloni berilmoqda. Bu esa odamlar ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini olishga xizmat qiladi. Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadoniga borilib, zarur ma’lumotlar o‘sha joyning o‘zida olinmoqda. Ayni jarayon uchun davlat bojini qabul qiluvchi bank shoxobchasida ham dam olish kunisiz ish tartibi joriy etilgan.
Manba: hordiq.uz