Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Biometrik bo‘lmagan pasportning amal qilish muddati uzaytirildi

A A A
Biometrik bo‘lmagan pasportning amal qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarosining eski namunadagi biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasi 30 iyun kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida.

Qarorga ko‘ra, biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati:

  • mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;
  • chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston egalarining biometrik ma’lumotlari bo‘lgan pasportlar 2011 yil 1 yanvardan joriy etila boshlagan edi. Pasportlar 2015 yil oxiriga qadar to‘liq almashtirilishi lozim edi, biroq bu muddat 2018 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

So‘nggi oylarda IIV va uning bo‘linmalari bir necha marotaba pasportini almashtirmagan fuqarolar jarimaga tortilishi (EKIHning 0,5 dan 3 barobarigacha) to‘g‘risida ogohlantirdi.

O‘tgan haftada esa ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iyun so‘ngiga qadar 21,194 million fuqaro yoki aholining 94,9 foizi biometrik pasport olib ulgurganini ma’lum qildi.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 18:23 05.07.2018. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik