Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bilasizmi? Dunyoda faqat hushtakdan iborat til ham bor

Bilasizmi? Dunyoda faqat hushtakdan iborat til ham bor

Dunyo o‘zining rang-barangligi bilan insoniyatni hamon lol qoldirib kelmoqda. Dunyo aholisining turmush-tarzi ham har doim odamlarni qiziqtirib kelgan. Ayniqsa, u odatiy hayotimizdan farq qilsa, ikki kara qiziqish uyog‘otadi. Ana shu noodatiylik, ya’ni antiqa muloqot tiliga ega orolcha haqida filolog Eldar Asanov qiziq ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Tilning juda turfa ko‘rinishlari mavjud. Masalan, Kanar arxipelagiga qarashli La Gomera orolida ispan tilining noodatiy shevalariga duch kelish mumkin. Misol uchun,hududda antiqa bir sheva bor. Bu shevaning o‘ziga xosligi shundaki, u faqat hushtakdan iborat. Aniqrog‘i, ispan tili shevalaridan birining hushtak ko‘rinishidagi varianti deyiladi.

Orol tog‘lardan iborat, shu bois cho‘ponlar o‘zaro muloqot qilish uchun shu hushtak tilini o‘ylab topgan. Hushtak oddiy tovushlarga nisbatan balandroq parda (chastota)ga ega, shu bois tog‘lar oshib adresantga osonroq yetib boradi.

Bu tilni mahalliy aholi silbo gomero (gomero hushtagi) deb ataydi. Zamona o‘zgarishi bilan bu cho‘ponlar tiliga ehtiyoj ham kamayib boryapti, shu bois til unutilib bormoqda.

Bu tilni butunlay yo‘qotmaslik uchun u mahalliy maktablarda bolalarga o‘rgatilmoqda.

Kiritildi: 07:35 08.09.2020. O'qildi: 3124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!