Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bi-bi-si Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi

Bi-bi-si Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi
Bi-bi-sining Rus xizmati redaksiyasi Parijda ishlayotgan korrespondentdan “Sariq nimchalar” namoyishlarida Rossiya izini topishni talab qilgan yozishmalari internetda tarqaldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Yozishmalardan ma’lum bo‘lishicha Bi-bi-si Parijda ishlayotgan korrespondetidan nima qilib bo‘lsada tartibsizliklarda Rossiya izini topishni talab qilgan. Korrespondent “Birorta ham rossiyalikni ko‘rmadim”, deganidan so‘ng, Bi-bi-si unga “Balkim bundan biror Rossiya biznesi manfaatdordir” deb so‘raydi? Korrespondent bunga javoban kulib qo‘yadi xolos.

Suhbat so‘nggida Bi-bi-si tomonidan gapirayotgan jurnalist “Redaksiya qon talab qilmoqda” deydi. Ya’ni Rossiyaning ayblash mumkin bo‘lgan dalil so‘aramoqda, degan ma’noda javob beradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Fransiyada bo‘layotgan voqealarni ob’ektiv yoritish - Bi-bi-si Rus xizmatining asl maqsadi emas... Ularning vazifasi - biroz oldin ayrim siyosatchilar tomonidan hech qanday asossiz tarqatilgan yolg‘on gapga dalil izlashdir. Aslida nima bo‘layotgani - ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.

Rossiya TIV har qanday mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar ushbu mamlakatning ichki ishi ekanini va Rossiya har bir mamlakat ichki siyosatini hurmat qilgan holda uning ichki ishlariga aralashmaslikni odat qilganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 17 noyabrdan beri “Sariq nimchalar” norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ommaviy namoyishlar polisiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va o‘t qo‘yish kabi jinoyatlar bilan birga bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan haftra Fransiya prezidenti Emmanuel Makron namoyish o‘z yo‘liga lekin jinoyatlarni hech narsa oqlay olmaydi degan edi. Omaviy tartibsizliklar boshlanganidan buyon Fransiyada 3 mingga yaqin kishi hibsga olingan.

Manba: sputniknews-uz.com
Kiritildi: 21:08 16.12.2018. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!