Shanba kuni Berlinning Kroysberg tumanida Falastin tarafdorlari namoyishi chog‘ida sakkiz nafar polisiyachi yaralandi.
Bu haqda Die Welt nashri yozmoqda.
36 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Nafrat qo‘zg‘atish, aksilkonstitusiyaviy va terroristik tashkilotlarning ramzlaridan foydalanish, badanga shikast yetkazish va haqorat qilish faktlari bo‘yicha tergov-tezkor tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
Namoyishda 720 ga yaqin odam qatnashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kortej paytida jurnalistga hujum qilingan. Ayni paytda namoyishchilar polisiyaga shisha uloqtirishgan. Ishtirokchilar hibsga olinganlarni ham ozod qilishga harakat qilishgan. Shu munosabat bilan polisiya xodimlariga hujum qilish va ularga qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, o‘qotar qurol o‘g‘irlashga urinish bo‘yicha keyingi jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bundan tashqari, 95 kishi taqiqlangan shior aytilgani uchun mitingda qatnashishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.