Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Benzin yetarli, narxlar oshirilmagan - Energetika vazirligi

Benzin yetarli, narxlar oshirilmagan - Energetika vazirligi

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida barcha markali avtobenzin yetarli va ularning narxi oshirilmagan - Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi oshirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “AI-80 rusumli benzin yo‘q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan” mazmunidagi xabarlar e’lon qilinmoqda.

Hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQShlarda AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 so‘mligicha saqlanib qolmoqda. Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 so‘mdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 so‘mdan sotilmoqda. Barcha turdagi avtobenzin zaxirasi ham yetarli, - deyilgan xabarada.

“Bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasida 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali iste’molchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha avtobenzin importi amalga oshirilmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda o‘rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.

Bundan tashqari, xom-ashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qo‘yib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 14:48 06.12.2022. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!