Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Benzin: 1 iyundan boshlab yoqilg‘i narxi qimmatlashadi

Benzin: 1 iyundan boshlab yoqilg‘i narxi qimmatlashadi

Venesuelada benzin 1 iyundan boshlab qimmatlashadi. Bu haqda mamlakat rahbar Nikolas Maduroga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi. Mamlakatda benzin narxi dunyoda eng arzon hisoblanadi.

Venesuela ichki bozorida benzin narxi hukumat subsidiyalari sabab uzoq vaqt dunyodagi eng arzon yoqilg‘i bo‘lib kelayotgan edi, biroq PDVSA neftni qayta ishlash milliy kompaniyasi ishlab chiqarishning bir qismini to‘xtatgani bois benzinni xorijdan, xususan, Erondan import qilish zarurati tug‘ildi. Maduroning ma’lum qilishicha, hukumat import yoqilg‘ining ichki bozordagi narxini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadigan benzin taqsimoti rejasini ishga tushiradi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda benzinga subsidiya ajratiladi. «Benzin narxi subsidiya bilan birga litri uchun 5000 bolivar (2,5 sent)ni tashkil etadi, avtomobil egalari oyiga 120 litr, motosiklchilar esa 60 litr olishi mumkin», — deydi Maduro. O‘rnatilgan kvotadan ortib ketsa, benzin xalqaro narx bo‘yicha sotib olinadi.

Jamoat transportlariga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga 90 kun davomida to‘liq subsidiya ajratiladi.

1 iyundan boshlab Venesueladagi 1,5 ming yoqilg‘i quyish shoxobchasi fuqarolarni benzin bilan ta’minlash uchun ishga tayyor bo‘ladi. Savdolar hozircha registrasiya raqamiga bog‘langan holda amalga oshiriladi: dushanba kunlari 1 va 2, seshanba 3 va 4, chorshanba 5 va 6, payshanba 7 va 8, juma kunlari 9 va 0 bilan tugaydigan raqamlar uchun benzin sotiladi. O‘ta zarur holatlarda fuqarolar shoxobchalardan ushbu tartibni buzishni so‘rashi mumkin.

Venesuelada 95 markali benzin avval 0,00006 bolivar edi, 91 markalisi esa — 0,00001 bolivar. Bu yoqilg‘i uchun ramziy narx bo‘lib, konstitusiyaga ko‘ra, barcha foydali qazilmalar va yerosti boyliklari xalqniki hisoblanadi.

Kiritildi: 07:50 01.06.2020. O'qildi: 7235 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!