«Real» hujumchisi Karim Benzema professional futboldagi faoliyatini yakunlagach, kikboksing bilan shug‘ullanishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Benzema YouTube’dagi kanalida taniqli kikboksyor Fuad Ezbiri bilan suhbatlashib bu haqda gapirdi: «Fuad, do‘stim, men yakkakurashlarni yaxshi ko‘raman. Birga o‘tkazgan mashg‘ulotlarimizdan bilasan - yakkakurashlar jonu-dilim. Futbolchilik karyeramni yakunlaganimdan keyin sen bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqchiman. Jangga chiqishga tayyorligimni aytsang, muammo yo‘q, men hamma narsaga tayyorman», - deydi «Real»ning fransiyalik 33 yoshli forvardi.
Ma’lumot uchun, 2009 yildan buyon Madrid klubida faoliyat yuritib kelayotgan Karim Benzema hozirgacha «Real» bilan birga 19ta sovringa ega chiqdi.