Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bemorning otasi shifokorni urdi

Bemorning otasi shifokorni urdi

Ma’lum qilinishicha, ayol 2 yoshli bolasini divandan yiqitib qo‘yib, Shahrisabz shahar bolalar shifoxonasiga murojaat qilgan. Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.

Bolakayning ahvoli og‘irlashganligi sabab reanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

"Bolachaning ahvoli to‘g‘risida uning uydagilariga ham muntazam ravishda xabar berib bordik. Bolasining aholi juda og‘irligini batafsil tushuntirdik. Ming afsuski, 17 aprelda bolachada biologik o‘lim kuzatildi.

Otasiga aytganimdan keyin to‘g‘ridan to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim va qolganini eslay olmayman",- deydi kaltaklangan shifokor.

"Bemorga birinchi taxminiy kalla miyaning yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap ko‘z qovoqlarida yumshoq to‘qimalarida lat yeyishi va ko‘z shishi bilan bog‘liq barcha qabul tekshiruvlardan o‘tkazildi. Hozirda bemor davolanish muolajalarini olmoqda",- deydi shifokor.

Aniqlanishicha, kaltaklangan shifokor farzandini yo‘qotgan ota-onaga hozir qiyin ekanligini tushunib, holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmagan. Shuning uchun holat yuzasidan tekshiruv boshlanmagan.

Ammo mazkur holat Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Kiritildi: 13:00 20.04.2024. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!