Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bemavrid uyqu: Jizzaxda ikki erkak fojia qurboni bo‘ldi

Bemavrid uyqu: Jizzaxda ikki erkak fojia qurboni bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan Toshkent Termiz M-39 yo‘lining 975 kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Samarqand tomon harakatlanayotgan “Damas” yo‘l chekkasida to‘xtab turgan “DAF” yuk avtomashinasining orqasidan urildi. Ma’lum bo‘lishicha, tungi 2:40 da yuz bergan ushbu avtohalokatga “Damas” haydovchisi – Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Qoraqiya qishlog‘ida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A. X.ning uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Oqibatda “Damas” haydovchisi hamda uning hamqishlog‘i, avtoulov salonida bo‘lgan  E. A. voqea joyida vafot etdi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 00:20 06.08.2020. O'qildi: 5874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!