Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lum qilishicha, Belgorod viloyatidagi vaqtinchalik turar joy markazi o‘qqa tutilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik joylashtirish markazi qo‘riqchisi vafot etgan. Yaradorlardan ikki nafari hozirda og‘ir ahvolda reanimasiyada.