Bryusselda Belgiya hukumatining tejamkorlik choralariga qarshi namoyishda minglab notijorat ishchilar ishtirok etdi.
RTL telekanali xabar berishicha, turli kasaba uyushmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bolalar parvarishi xodimlari, xonadon xodimlari, shifoxonalar xizmati xodimlari, qariyalar uyi hamshiralari, yoshlar va ijtimoiy integrasiya mutaxassislari, san’atkorlar ishtirok etdi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Belgiya poytaxti ko‘chalariga 27,5 ming kishi chiqqan. Tashkilotchilarning aytishicha, namoyishchilar soni 30 mingdan oshgan.
"Biz chekinmaymiz” degan shiorlarni ko‘tarib yurish qatnashchilari "charchagan ishchilar – jamiyat xavf ostida", "Adolatsizlik qonunga aylansa, qarshilik ko‘rsatish burchdir" kabi plakatlarni ko‘tarib oldilar.
Kasaba uyushmalari ish staji, ishsizlik nafaqalari va yarim kunlik ish uchun haq to‘lash bo‘yicha ishchilarning manfaatlariga ta’sir qiluvchi federal hukumat choralariga qarshi. Ular "jozibali va barqaror" mehnat sharoitlarini talab qiladilar.