Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevda Ukrainaning “Rada” telekanali orqali efirga uzatilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
“Biz bir milliard yevrolik yordam paketini ajratmoqdamiz”, dedi Belgiya bosh vaziri.
De Veverning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya Ukrainaga har yili bu miqdorda yordam ajratishni rejalashtirmoqda.
Belgiya bosh vaziriga safarda mudofaa vaziri Teo Franken, tashqi ishlar vaziri Maksim Prevost va mudofaa sanoati vakillari hamrohlik qilayotgani avvalroq xabar qilingan edi.