Belarus hukumati pirotexnika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosini taqiqlashni joriy qildi, bu haqda bosh vazir Roman Golovchenko imzoladi.
“Joriy qilingan taqiq fuqarolarning, jumladan, bolalarning pirotexnika vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishi natijasida jarohat olish holatlari ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq”, — deyiladi juma kuni hukumat bayonotida.
Ushbu taqiq IV va V xavfli texnik maqsadlardagi pirotexnika mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsatnoma (sertifikat)ga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan pirotexnika mahsulotlarini ulgurji sotishga, ruxsatnomasi (sertifikati) bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qaror 2025-yil 4-yanvardan kuchga kiradi.