Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik jinoyatlar sodir etgan 20 nafar shaxsni afv etish haqidagi navbatdagi farmonni imzoladi.
Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Afv etilganlar orasida 11 nafar ayol, ulardan birining to‘rt nafar farzandi bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga surunkali kasalliklarga chalingan mahkumlar ham kiritilgan.
Ularning barchasi kechirim so‘rab murojaat qilishdi.