Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bektemir tumanida tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bektemir tumanida tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.G.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 790 mln so‘mlik 510 dona eshik-rom va uning jihozlarini sotib yuborib, tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:50 19.09.2022. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!