Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyevdan navbatdagi g‘alaba

Bektemir Meliqo‘ziyevdan navbatdagi g‘alaba

Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida amerikalik Kley Kollardga (4-2-3, 1 KO) qarshi ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik bokschi 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangining to‘rtinchi raundida raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirdi, raund davomidagi navbatdagi kuchli zarbadan so‘ng raqib yana ringga quladi va hakam jangni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.

 

Kiritildi: 09:16 03.11.2019. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!