12 may kuni sobiq futbolchi Lineker instagramdagi sahifasida Falastin tarafdorlarining «Sionizmni ikki daqiqada tushuntirish» sarlavhali rilsini joylashtirgan. Videoda antisemitizm ruhidagi haqoratli shtamp sifatida qabul qilinadigan kalamushlar tasviri ham bo‘lgan.
Ko‘p o‘tmay video o‘chirilgan, 14 may kuni esa Lineker «so‘zsiz» uzr so‘ragan. U ramzning ahamiyati haqida hech narsa bilmagani va «muammo mohiyatini anglagan zahoti» postni o‘chirib tashlaganini aytgan. «Men hech qachon ongli ravishda antisemitizm ruhidagi nimanidir bo‘lishmagan bo‘lardim, bu mening e’tiqodimga zid», – degan u.