Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bazir hukumatni ogohlantirmay ta’tilda Eronga borgani uchun iste’foga chiqdi

Bazir hukumatni ogohlantirmay ta’tilda Eronga borgani uchun iste’foga chiqdi

Norvegiya baliq xo‘jaligi vaziri Per Sandberg Eronga tashrifi davomida xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun iste’foga chiqdi, deb yozadi Meduza.

U, shuningdek, Norvegiya Taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimini ham tark etdi.

Iyul oyida Sandberg Eronda ta’tilini o‘tkazdi. U bosh vazir devonini qayerga borishi haqida oldindan ogohlantirmagan; Eronda bo‘lganligi haqida Norvegiyaga qaytgandan ikki kun o‘tib ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Sandberg hukumatdagi hamkasblari bilan yozishmalari bo‘lgan xizmat telefonini ham o‘zi bilan olib ketgan. Hozirda qurilmani Norvegiya polisiyasi tekshirmoqda.

Vazir ta’tilga dugonasi — eronlik Bahora Letnes bilan birga borgan. Mojarodan so‘ng polisiya Letnesning Eron hukumati bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirishni boshlagan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 23:44 14.08.2018. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!