Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bayrutdagi portlashning sababi korrupsiya ekanligi aytilmoqda

Bayrutdagi portlashning sababi korrupsiya ekanligi aytilmoqda

“Livandagi korrupsiya tufayli Bayrut portida portlash yuz berdi”, deya ma’lum qildi Bosh vazir Hasan Diab fuqarolarga qilgan murojaatida.

"Portda sodir bo‘lgan portlashga korrupsiya sababli bo‘lgan", deb ta’kidlagan Diab “AL-Mayadeen” nashri tomonidan tarqatilgan bayonotda.

4 avgust kuni Livan dengiz bazasi yaqinidagi Bayrut dengiz porti hududida vayronkor portlash yuz berdi. Portlash to‘lqini poytaxtdagi ko‘plab  uylarni, mashinalarni, derazalarni sindirib, buzib yubordi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, portlashga 2014 yilda bojxona tomonidan musodara qilingan 2750 tonna ammiakli selitra sabab bo‘lgan.

Portlash 160 ga yaqin kishini hayotdan olib ketgan, 6 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 03:00 09.08.2020. O'qildi: 3331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!