Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bayrutda portlash qurbonlari o‘n kundan keyin topilmoqda

Bayrutda portlash qurbonlari o‘n kundan keyin topilmoqda

Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 178 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Al Arabiya”.

Avvalroq 171 kishi o‘lgani va 6 mingga yaqin kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, kamida 30 kishi bedarak yo‘qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni portdagi omborda payvandlash paytidagi uchqundan 2700 tonnadan ortiq selitra portlagan.

Portlash portni vayron qilgan, shaharning bir qismini buzib yuborgan. 300 mingga yaqin aholi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 20:30 14.08.2020. O'qildi: 3042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!