Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bayram tamom! “Tolibon” jang boshladi

A A A
Bayram tamom! “Tolibon” jang boshladi

Bugun, 20 iyun kuni “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Badgis provinsiyasida ikki nazorat-o‘tkazuv punktiga hujum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
 
Hujum natijasida 30 nafar afg‘on harbiylari halok bo‘lgan.
 
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston hukumati Ramazon hayiti munosabati bilan “Tolibon” bilan 3 kun o‘t ochishni to‘xtatishga erishgan edi.
 
Kelishuv 15-17 iyun kunlari amal qildi. Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatish tartibini uzaytirdi, ammo harakat 17 iyun kuni tunda hukumatga qarshi janglarni boshlab yubordi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 18:13 20.06.2018. O'qildi: 3831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik