Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bayraktar: "Suriyaning energiya tizimini tiklash uchun sarmoya kerak"

Bayraktar: "Suriyaning energiya tizimini tiklash uchun sarmoya kerak"

Turkiya Energetika vazirligi vakillari Suriyaning elektr infratuzilmasini baholadi. Uni qayta tiklash uchun sarmoya kerak, bunda xalqaro hamjamiyat yordam berishi kerak.

Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar ma’lum qildi.

"O‘tgan haftada Suriyaga borgan vazirlik delegasiyasi mamlakatning energetika infratuzilmasi unchalik yaxshi emasligi va uni qayta tiklash uchun xalqaro hamjamiyat yordam berishi kerak, degan xulosaga keldi" - dedi vazir.

Bayraktar, shuningdek, Turkiyadan Suriyaga, xususan, Aleppo va Afrin shaharlariga elektr energiyasi yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi.

"Biz bu ta’minotni janubga yanada kengaytirishimiz mumkin, bundan tashqari, dizel generatorlari uchun yoqilg‘i yetkazib berishimiz mumkin", dedi vazir.

Avvalroq Turkiya energetika vazirligi rahbari Suriyaning yangi rasmiylari bilan birgalikda uning elektroyenergetika sanoatini rivojlantirishning bosh rejasini tayyorlash rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 23:02 04.01.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!