Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Baydenning qachon “tikka sho‘ng‘ishi” aytildi

A A A
Baydenning qachon “tikka sho‘ng‘ishi” aytildi

Amerika Qo‘shma Shtatlariga Oq uyning “eskirgan” rahbari Jo Bayden o‘rniga g‘ayratli va diqqatini jamlagan prezident kerak. Bu haqda “Fox News” jurnalisti Styuart Varni ta’kidladi.

“Bu prezidentlik muddati allaqachon yo‘q bo‘lib bormoqda. O‘ylaymanki, u (Bayden - tahr.) oraliq saylovlarda demokratlar ayanchli tarzda mag‘lub bo‘lsa, tikka sho‘ng‘iydi”, - dedi teleboshlovchi.

Varnining ta’kidlashicha, hamma narsani aslida kim boshqarayotganini hech kim tushunmaydi.

Avvalroq amerikaliklarning yarmidan ko‘pi AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden va sobiq davlat rahbari Donald Trampning 2024 yilda yangi muddatga saylanishini istamasligi ma’lum bo‘lgan edi.

AQShda 2022 yilning 8 noyabr kuni Amerika Kongressining ikkala palatasiga oraliq saylovlar uchun asosiy ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

Bayden ikkinchi muddatga prezidentlik qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi, biroq hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. O‘tgan hafta u noyabrda bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan so‘ng qayta saylanish to‘g‘risida qaror qabul qilishini ma’lum qildi va Trampni yana mag‘lub eta olishiga ishonch bildirdi.

Bu yil 80 yoshga to‘ladigan Bayden Qo‘shma Shtatlarning tarixdagi eng keksa prezidentiga aylandi. U muntazam ravishda kulgili vaziyatlarga tushib qoladi, Amerika rahbarining raqiblari bunga yosh va sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni sabab qilib ko‘rsatadi.

Kiritildi: 14:05 31.10.2022. O'qildi: 3965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik