Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Baydenning koronavirus testi nihoyat salbiy chiqdi

Baydenning koronavirus testi nihoyat salbiy chiqdi

AQSh prezidenti Jo Baydenda koronavirus testi salbiy chiqdi. Bu haqda Oq uy shifokori xabarida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, Baydenning koronavirus testi ikkinchi marta salbiy bo‘lsa, o‘zini-o‘zi izolyasiya qilish to‘xtatiladi.

Bir kun avval Bayden yana koronavirus infeksiyasi uchun test ijobiy natija olgani, ammo kasallik belgilari deyarli yo‘qolgani xabar qilingandi.

Birinchi marta Bayden 21 iyul kuni koronavirus infeksiyasi uchun ijobiy testdan o‘tgan bo‘lsa, 27 iyulda undan sog‘aygani ma’lum qilingandi. Bir necha kundan keyin u yana koronavirus uchun ijobiy testdan o‘tdi.

Kiritildi: 15:47 07.08.2022. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!