Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bayden Xitoyni jiddiy ogohlantirdi

Bayden Xitoyni jiddiy ogohlantirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden inson huquqlarini buzish  Xitoy uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishini va’da qildi. Amerika rahbari bu haqda saylovchilar bilan uchrashuv paytida aytib o‘tdi, deb xabar beradi CNN.

Bu harakatlar uchun XXRga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladimi yoki yo‘qmi, degan savolga Bayden Xitoy o‘z qarorlari tufayli og‘ir oqibatlarga duchor bo‘lishini aytdi. Prezident XXR raisi Si Szinpinning bundan xabardorligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy rahbarini uzoq vaqtdan beri bilgan va unga inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida bir necha bor aytgan.

Kiritildi: 10:04 17.02.2021. O'qildi: 2263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!