AQSh prezidenti Jo Bayden Xalqaro jinoiy sudning Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va yahudiy davlatining sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berganini g‘azabnok deb hisoblaydi.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotida aytiladi.
"Xalqaro Sudning Isroil rahbarlarini hibsga olishga order bergani g‘azablanarli. Yana bir bor aniq aytib o‘taman: XJS nima demasin, Isroil va XAMAS o‘rtasida tenglik belgisi yo‘q", - dedi u o‘z bayonotida. Baydenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar "xavfsizligiga tahdidlar oldida doimo Isroil bilan birga bo‘ladi".
Avvalroq, XJS Sudgacha bo‘lgan palatasi Netanyaxu va Galantni hibsga olishga order bergan edi. XJS shuningdek, Isroil armiyasi avgust oyida o‘ldirilgan deb e’lon qilgan Falastinning "Xamas" harakati harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad al-Deifni hibsga olishni talab qildi.