Bu haqda Axios xabar berdi.
Baydenning asirlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishda birgalikda ishlash taklifiga javoban Tramp muammoni keyinga qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Bayden, shuningdek, G‘azoda HAMAS tomonidan garovga olingan AQSh fuqarolarining oila a’zolari bilan uchrashgan, ularga «barcha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha AQShning sa’y-harakatlari to‘g‘risida yangilangan ma’lumotlarni» taqdim etgan.