Jo Bayden Trampga lavozimni topshirishdan oldin Ukrainaga 6 milliard dollar yordam yuborish niyatida.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CBS telekanilining Face the Nation dasturida, Bayden Kiyevga qolgan mablag‘ni ajratishdan tashqari, kelajakda prezident Donald Trampga AQSh tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish sababli yuzaga keladigan global xavflarni ham ko‘rsatib o‘tishini aytdi.
Bayden Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun 13 noyabrda Oq uyda uchrashadi. Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvda AQShning tashqi siyosati masalalari muhokama qilinadi.