Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bayden Putinni genosidda aybladi

A A A
Bayden Putinni genosidda aybladi

Prezident Bayden Ayova shtatiga borgan paytida so‘nggi 41 yil ichida rekord darajaga yetgan AQSh inflyasiyasi muammosiga to‘xtaldi.

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi yuqori inflyasiya sababini Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi deb hisoblaydi. Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi harakatlarini “genosid” deb atadi.

"Hukumat aholiga narx bosimini pasaytirish uchun hamma narsani qilmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi butun dunyo bo‘ylab yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Inflyasiya sabablarining 70 foizi ushbu mahsulotlar narxining oshishi bilan bog‘liq”, dedi AQSh rahbari.

Shuningdek, u narxlarning o‘sishi bilan kurashish uchun strategik neft zaxirasidan kuniga bir million barrel neft chiqarishga ruxsat berganini ham ta’kidladi.

AQSh prezidenti Putinning Ukrainadagi harakatlarini genosid deb atadi:

"Oilaviy byudjetingiz, mashinangizning benzin bakini to‘ldirish qobiliyatingiz, bularning barchasi diktatorning urush e’lon qilishi va dunyoning ikkinchi yarmida genosid sodir etishiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak".

Kiritildi: 15:08 13.04.2022. O'qildi: 4558 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik