Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bayden puldan qiynalib qoldi

Bayden puldan qiynalib qoldi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi, deb yozmoqda Independent.

Baydenlarning 800 ming dollarga yaqin qarzi, jumladan, Rehobot-Bichdagi uy uchun ipotekasi bor. Sobiq prezident va senatorning yillik 416 ming dollar pensiyasi va nafaqasi xarajatlarni qoplashga imkon bermayapti, uning qo‘shimcha daromad manbasi yo‘q, deyiladi xabarda.

Baydenga prezidentlik davrida orttirgan nufuzini monetizasiya qilish oson kechmayapti: kompaniyalar uni ma’ruzalarga taklif etishmayapti, ittifoqchilar ham asta-sekin sobiq prezidentdan yuz o‘girishmoqda. Jo Baydenga 300-500 ming dollarga ma’ruza buyurtma qiluvchilar deyarli yo‘q, shu bois oilaning bor umidi uning esdaliklari chop etilishidan tushadigan 10 mln dollarga qaratilgan.

«Ammo bu pul sobiq prezident Barak Obamaning kitoblari sotilishidan tushgan 60 mln dollar oldida arzimas bo‘lib ko‘rinadi», — deb yozdi nashr.

Kamiga Jo Bayden prostata saratoni bilan kurashmoqda. Uning rafiqasi Jill Bayden o‘qituvchilik ishini tashlab, haq to‘lanmaydigan jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullangan. O‘g‘li Hanterning esa alimentdan bir necha million dollar qarzi bor, uning ommaviy chiqishlari, kitoblari va rasmlariga qiziqish so‘ngan.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!