Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bayden oxirgi marta Isroilni qurollantiradi

A A A
Bayden oxirgi marta Isroilni qurollantiradi

AQSh Davlat departamenti Kongressni Isroilga 8 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotish haqida “norasmiy” xabar berdi. Shartnomaga qiruvchi samolyotlar, hujum vertolyotlari va artilleriya o‘qlari kiradi, deya xabar beradi Axios vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.

“Prezident Isroil xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq asosida o‘z fuqarolarini himoya qilish, Eron va uning ishonchli guruhlari tomonidan tajovuzni oldini olish huquqiga ega ekanligini aniq aytdi. Biz Isroil mudofaasi uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim etishda davom etamiz”, — dedi AQSh rasmiysi.

Qaror Jo Bayden prezidentligining so‘nggi kunlarida, 20 yanvar kuni Donald Tramp inaugurasiyasi oldidan qabul qilingan. 2023-yil 7-oktyabrda mojaro boshlanganidan beri G‘azo sektorida 45 650 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan bir paytda AQSh Isroilga harbiy yordam ko‘rsatgani uchun tanqid ostiga olindi.

Kiritildi: 14:14 04.01.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!