Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bayden Oq uyda mushuk asrab oldi

Bayden Oq uyda mushuk asrab oldi

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda mushuk asrab oldi. Hayvonga Uillou deb nom qo‘yildi. Bu haqda Amerika yetakchisi Tvitterdagi rasmiy sahifasida yozgan.

«Bayden oilasiga xush kelibsiz, Uillou!», deb yozdi Oq uy rahbari postga mushukning suratini ilova qilib.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mushuk ikki yoshda. Xabar qilinishicha, prezident oilasi jonivorga birinchi xonimning ona shahri Uillou-Grouv sharafiga nom berishgan.

Jill Bayden matbuot kotibi Maykl Larozaning so‘zlariga ko‘ra, prezident oilasining mushuk bilan birinchi uchrashuvi 2020 yilda Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan. Hayvon sahnaga sakrab Jo Baydenning saylovoldi nutqini to‘xtatdi.

Qayd etilishicha, Uillou Oq uydagi o‘n yildan ortiq vaqtdan beri birinchi mushuk bo‘ldi. Ilgari u yerda AQShning sobiq prezidenti Jorj Bushga tegishli bo‘lgan Hindiston mushugi yashagan. U 2009 yilda vafot etgan.

Kiritildi: 11:02 29.01.2022. O'qildi: 2409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!